Foto: Sof.uz

Dastlabki bosqichda bakalavrda quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi:

  • Geologiya;
  • Geofizika;
  • Energetika;
  • Kimyo;
  • Biotexnologiya;
  • AKT;
  • Iqtisodiyot;
  • Biznes boshqaruvi.

Shuningdek, yaqin vaqtda ushbu loyihaning hayotga tadbiq etish uchun Piza universiteti delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilyapti.

Piza universiteti (Università di Pisa, UniPi) Piza shahrida joylashgan Italiya davlat tadqiqot universiteti. U 1343 yilda papa Kliment VI farmoni bilan tashkil etilgan va dunyodagi qadimiyligiga ko‘ra 19 raqamli universitetdir.

Universitetda buyuk italyan olimi Galileo Galiley tahsil olgan. Uni 3 ta Nobel mukofoti sovrindorlari (Josu Karduchchi, Enriko Fermi, Karlo Rubbia), 2 ta prezident (Jovanni Kronki, Karlo Azelo Champi), 2 ta bosh vazir (Juliano Amato, Enriko Letto) va boshqa qator vazirlar hamda taniqli jamoat arboblari tamomlagan, deyiladi xabar so’ngida.