Foto: Xalq so’zi

Asosiy shartlar: Logotip mahallaning katta ijtimoiy kuch ekanini oʻzida aks ettirishi, sport oʻyinlarining ruhini mujassam etishi, uyushmagan yoshlar orasida ommaviy sportni targʻib etishi hamda Namanganning goʻzal tabiati va bugungi bunyodkorlik ishlarini namoyon etishi lozim. Logotipdan lotin yozuvidagi “Mahalliada”, “Namangan”, “2020” soʻzlari oʻrin olishi kerak.

Tanlov gʻolibiga 5 million soʻm miqdorida mukofot puli beriladi.

Bir muallif tomonidan tanlovga taqdim etilayotgan loyihalar soni cheklanmagan. Loyihalar taqdimoti mualliflarning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi.

“Mahalliada-2020” Sport oʻyinlari logotipi tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi material va hujjatlar talab etiladi:

– tanlovga taqdim etilayotgan logotipning qisqacha taʼrifi (Word formatida);

– Muallif haqida qisqacha maʼlumot va kontaktlari (mobil va ish telefonlari, elektron pochta) (Word formatida);

– loyihaning elektron versiyasi: logotip — TIFF, PSD yoki JPEG 1500 px formatida.

Tanlovda ishtirok etish uchun murojaatlar 2020-yil 20-fevraldan 1-martga qadar qabul qilinadi. Logotip tanlovida qatnashish uchun loyihalarni tanlov@namangan.uz rasmiy elektron manziliga “logotip” belgisi bilan yoʻllash zarur.