Foto: O’zA

Holat yuzasidan ish olib borilganda ma’lum bo‘ldiki, mahalliy aholi shikoyat qilganidek, loyihalashda qurilishga ajratilgan yer maydonning 90 foizidan ortiq qismiga qurilmalarni qurish mo‘ljallanganligini, bu esa hududda avtoturargoh joylashtirish, binoga kirish-chiqish yo‘laklari tashkil etish hamda obodonlashtirish ishlari uchun qo‘shimcha yer maydonlarini egallash talablari inobatga olinmagan, oqibatda yon-atrofdagi o‘tish va avtomobillar yo‘laklari egallanib, tirbandlik keltirib chiqarib, aholiga noqulayliklar yaratadi.

Sanitariya va gigiena qoidalariga ko‘ra, tashxis qo‘yish markazi kirib-chiqish eshiklari hamda oynalari bilan chiqindi saqlanadigan joy oralig‘idagi masofa 20 metrdan kam bo‘lmasligi belgilangan. Qurilishi mo‘ljallangan klinika yon atrofida ko‘p qavatli turar joylar, maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, qurilish loyiha hujjatlari yuqorida ko‘rsatilgan qonun va normativ huquqiy hujjat talablarga javob bermaydi. Shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi aholi ushbu loyiha bilan tanishtirilmaganligi va qurilishni amalga oshirish uchun ularning roziligi olinmagan.

2019 yil 6 noyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tuman ma’muriy sudida o‘tgan ochiq sud majlisida arizachi “JANGOH” MFYning javobgar Toshkent shahar hokimiyatiga nisbatan keltirgan arizasi qanoatlantirilib, sud ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 154-158, 185, 189-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimining yuqoridagi ikki qarorini haqiqiy emas, deb topdi.

Sud davlat bojini undirish masalasini O‘zbekiston Respublikasi MSIYutKning 185-moddasiga muvofiq, Chilonzor tumani “JANGOH” MFY raisi A.K.Kim sudga davlat bojini javobgar tomondan undirishdan voz kechishi haqidagi ariza bilan murojaat etganini inobatga olib, javobgar Toshkent shahar hokimiyatini davlat bojini undirishdan ozod qilishni lozim topdi.

Abdulla Muhiddinov, 

Toshkent shahar Chilonzor tuman mamuriy sudining raisi