Foto: RIA novosti

“To‘g‘risini aytaman, COVID-19 koronavirusi sun’iy yaratilgan emas. U ham xuddi SARS (atipik pnevmaniya epidemiyasini keltirib chiqaruvchi virus) kabi yovvoyi hayvonlardan tarqalgan”, dedi elchi.

Chjan Xanxueyning qo‘shimcha qilishicha, hozircha olimlar koronavirus tarqalgan aniq manbani topa olganicha yo‘q. Kasallik ko‘rshapalakdan odamga o‘tgan, degan mashhur versiya ham hali o‘zining tasdig‘ini topishi lozim, dedi u.