Foto: Sof.uz

Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston Prezidenti bosh muftiyni yangi lavozimi bilan tabriklab, faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuvda totuvlik va barqarorlikni saqlash, din orqali fuqarolarni ahillik va birdamlikka chaqirish, ma’naviy yo‘l ko‘rsatish lozimligi va yot oqimlarning zararli harakatlari haqida aytildi.

– Xalqni totuvlikka, birlikka, imoniylikka chaqirish lozim. Hozirda dunyoda har xil buzg‘unchi jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Mamlakat manfaatiga xizmat qilib, shu yo‘nalishda to‘g‘ri targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish lozim, dedi Qasim-Jomart Toqayev.

Naurizbay xoji Tag‘ano‘g‘li prezidentga Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi olib boradigan axborot va tashkiliy ishlari hamda hayriya tadbirlari rejasini tanishtirdi. Boshqarma faoliyati imoniylik, vatanparvarlik, bilimga intilish, birdamlik, mehnatsevarlik, madaniylik va adolatli bo‘lish kabi yettita ma’naviy yo‘nalishga asoslanishi ma’lum qilindi.