Foto: Beeline

U joriy yilda rouming narxlari arzonlashtirilishini aytib oʻtgan.

“Bu yaqin oylar ichida boʻladi. Lekin biz uchun eng asosiysi Oʻzbekistonda oʻtgan yil 4-dekabr kuni ishga tushirilgan pilot loyihadir”, — dedi u.

Afoninning aytishicha, hozirda Beeline ofislaridan bitta SIM-karta sotib olish mumkin. Undan ikkita raqam — biri Oʻzbekiston, ikkinchisi Rossiya uchun joy olgan.

“Siz Oʻzbekistonda ulanasiz, Rossiyaga uchib boradigan boʻlsangiz, sizga USSD soʻrov orqali xabar keladi va siz avtomatik ravishda Rossiyadagi Beeline abonentiga aylanasiz… Shu kabi loyihani Qirgʻiziston va Qozogʻistonda ham amalga oshirish rejamizda bor. Biz toʻrt mamlakatni roumingsiz zonada birlashtirmoqchimiz”, — dedi u.

Kompaniya buni xorijga pul ishlash maqsadida chiqib ketadigan, eng avvalo, mehnat migrantlariga qulaylik yaratish maqsadida joriy etayotganii bildirgan.

“Hozircha bu pilot loyiha, Oʻzbekiston tashqarisida uchinchi shaxslarga maʼlumotlar uzatish bilan bogʻliq tartibga solish cheklovlari mavjud. Ushbu loyiha Oʻzbekiston qonunchiligiga tegishli oʻzgartishlar kiritilganidan soʻng toʻliq ishlashi mumkin. Bu, jumladan, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun, operatorlarning litsenziyadagi majburiyatlariga taalluqlidir”, — deya qayd etib oʻtgan S.Afonin.

Uning aytishicha, ayni paytda ushbu pilot loyiha natijalari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻrganilmoqda.

“Ular bu qanday boshqarilyapti, ular uchun qay darajada shaffof ekanligini koʻrib chiqishyapti, agar hammasi risoladagidek boʻlsa, biz ushbu loyiha miqyosini juda tez kengaytira olamiz. Buni joriy yildayoq amalga oshirishni xohlagan boʻlar edik”, dedi u.