Foto: Sputnik

Qamchiq dovonida murakkab ob – havo sharoiti tufayli FVV yoʻlga chiqishdan oldin avtomobil texnik holatini diqqat bilan koʻzdan kechirishni soʻramoqda.

“Perevalda axvol chatoq!!! Bugun 24 fevral 09:40 dagi holat. Kuchli qorboʻron va muzlama. Moshinalar tepaga chiqa olmayapti, yoʻlovchilar surib ketishyapti!. Damaslar chiqolmayapti”, deyilgan xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, Qamchiq dovonidan Oʻzbekiston Favquldda vaziyatlar vazirligining maxsus boʻlinmasi 24 soat navbatchilik qiladi. Shuningdek, yoʻlda qolgan yoʻlovchilar uchun isinish xonalari va masjid ham bor. 

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (95)300-05-22 (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.