Foto: Sof.uz

Belarus, Ukraina, Moldova va Qozog‘iston aholisi uchun RF fuqaroligini olish jarayoni soddalashtirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Blijneye zarubeje kanali. “Sof” nashri bu haqida yozmoqda.

Qonunchilik loyihasi Rossiya fuqaroligi qabul qilinishi muddatlarini qisqartirishni nazarda tutadi. Davlat dumasining MDH masalalari, Yevrosiyo integratsiyalari va vatandoshlar bilan aloqalar bo‘yicha qo‘mita rahbari Leonid Kalashnikovning aytishicha, loyihaga quyidagi nizomlar kiritilmoqda:

– fuqarolikni olish uchun besh yil RFda yashash talab etilmaydi;

– ushbu mamlakatlar yashovchilari “moddiy ahvolini isbotlashi kerak bo‘lmaydi“;

– qonun loyihasi RF fuqaroligini mavjud fuqarolikdan voz kechmagan holda olish imkoniyatini ko‘zda tutadi.

RF fuqaroligini soddalashtirilgan holda olish huquqi to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat dumasiga fevral oyi oxiriga qadar kiritiladi.