Foto: O’zbekiston milliy olimpiya qo’mitasi matbuot xizmati

Ko’ngililarni jamlash ayni kunlarda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan edi. Ammo tashkilotchilar hali Olimpiya o’yinlarini bekor qilish masalasini ko’rib chiqqani yo’q. Bir tomondan Tokio hukumati barcha ommaviy tadbirlarni bekor qilmoqda. Shu bois ham 2.7 ming kishidan iborat ko’ngillililar uchun Olimpiya o’yinlarida ishlash jarayoniga bag’ishlangan trening joriy yilning may oyi yoki undan keyinroqqa qoldiriladi.

Bir necha kun muqaddam London tomoni o’zlarini Xalqaro Olimpiya qo’mitasiga 2020 yilgi Olimpiya o’yinlarini o’tkazish uchun alternativ nomzod sifatida ko’rib chiqishni taklif qildi. Britaniya poytaxti merligiga nomzodlardan biri Shon Beyli Yaponiyada ham koronavirusdan bir necha yuz kishi zarar ko’rgani va uning tarqalishidan tashvishda ekanini bildirdi. O’z navbatida Tokio meri Yuriko Koike Shon Beylining Olimpiya o’yinlarini Londonga ko’chirish haqidagi taklifiga tanqidiy fikr bildirdi. “Bu masaladan shahar merligi uchun kurashda o’z manfaatlari yo’lida foydalanish yaxshi emas”, – dedi Yuriko Koike. Ta’kidlash joiz, XOQ hali bu borada yakuniy qarorni qabul qilgani yo’q.

Eslatib o’tamiz, Britaniya poytaxti bungacha 1908, 1948 va 2012 yillarda yozgi Olimpiya o’yinlarini qabul qilgan.