Foto: O’zA

Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda Elmurat Tasmuradov oltin, Jasurbek Ortiqboev va Mahmud Baxshulloev kumush, Islomjon Bahromov, Jalgasbay Berdimuratov hamda Muhammadali Shamsiddinov bronza medali bilan taqdirlandi.

Erkin kurash bellashuvlarida Ilyas Bekbulatov 70 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Isa Shapiev o‘z vaznida bronza medali bilan taqdirlandi. Ayollar kurashida gilamga chiqqan Dauletbike Yaxshimuratova hamda Aktenge Keunimjaeva shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.