Foto: Sports

“Chelsi” “Ayaks” yarim himoyachisi Xakim Ziesh bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

London klubi rasmiy matbuoti xabariga ko‘ra, tomonlar besh yillik kelishuvga imzo chekishgan.

“Chelsi” kabi katta klub bilan shartnoma imzolaganimdan baxtiyorman. Keyingi mavsumni intizorlik bilan kutyapman. Klub bilan katta natijalarga erishishimizga umid qilaman”, – dedi Ziesh.

Oldinroq, ushbu transfer “Chelsi” uchun bonuslar bilan birga 44 million yevroga tushgani haqida xabar bergan edi.