Foto: Sports

Fransiya Liga 1 musobaqasida “PSJ” o‘z maydonida “Bordo” klubiga qarshi bellashdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda mezbonlar 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.

G‘alabadan so‘ng, Parij klubining ochkolari soni 65 taga yetdi va ikkinchi o‘rinni egallab turgan “Marsel” klubi bilan oradagi ochkolar farqini 13 taga yetkazib oldi.

“Bordo” klubi esa 35 ochko bilan o‘zi egallab turgan 12 – pog‘onada qoldi.

Eslatib o’tamiz, Parijliklar koronavirusga qarshi kurashayotgan Xitoyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus liboslarda maydonga tushishgan edi.

Libosga “Stay strong, China” (Xitoy kuchli bo‘l!) deb yozilgan, deyiladi xabarda.