Koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan sayyohlik obyektlari va bolalar bog‘chalari faoliyati iyun oyidan boshlab qayta tiklanadi. Bu haqda 29-may kuni Qirg‘iziston koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili RIA Novosti nashriga xabar qildi.

Foto: RIA novosti

“1-iyun sanasidan e’tiboran aholi iste’moli mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, reklama agentliklari va turizm ob’yektlari o‘z faoliyatlarini qayta tiklaydilar”, – deya ta’kidladi shtab vakili.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim obyektlari faoliyati 5-iyundan boshlab qayta tiklanadi.

Mamlakatda hozirgacha infeksiya yuqtirib olganlar soni 1722 nafarga, kasallikdan vafot etganlar esa 16 taga yetgan.