Joriy yil 30-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3513 (+25) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahri, 4 nafari Samarqand viloyati, 2 nafari esa Namangan viloyatidan, jami 8 nafar aholi orasida qayd etildi. 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lsa, 27 may kuni 2 nafar Rossiyadan, 28-may kuni 1 nafar Qozog‘iston va yana 1 nafari Sirdaryo viloyatigi “Guliston” chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida tasdiqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2728 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Hozirda mamlakatimizda 771 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.