30-may kuni soat 9:00 holatiga Namangan viloyatida koronavirus infeksiyaga chalingan bemorlar soni 258 nafarga yetdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Namangan haqiqati

Yangi qayd etilgan ikki holat To‘raqo‘rg‘on tumanida qayd etildi. Bemorlardan biri 1963-yilda tug‘ilgan erkak, ikkinchisi 1992-yilda tug‘ilgan ayol bo‘lib, har ikki holat ham karantin muasssasasida qayd etilgan. To‘raqo‘rg‘onda bugungacha koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan edi.

Bugun viloyatda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib, to‘liq tuzalganlar soni 247 kishini tashkil etmoqda. To‘rt kishi vafot etgan.

Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 kishi davolanmoqda.