Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Turkmanistonda hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Foto: 24 KG

2020-yil 30-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 10,382 kishiga yetdi. Bemorlarning 5057 nafari butunlay tuzaldi. 37 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 30-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 60 taga oshib, jami 1722 nafarga yetdi. Infeksiya tufayli o’lim holati 16 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangandi. Bugun, 30-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 3686 tani tashkil etmoqda va jami 47 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 30-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 13,659 nafarni tashkil etmoqda. 246 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 1259 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 364 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.