Rossiya Fanlar akademiyasining professori Kirill Zikov “Parlament gazetasiga” bergan intervyusida koronavirusni davolash bo’yicha asosiy tavsiyalarni berdi.

Foto: DW

Mutaxassisning fikriga ko’ra, biron bir bosqichda o’z-o’zini davolashga harakat qilmaslik lozim. “Va ikki narsadan haddan oshmang: birinchisi – koronavirus mavjud emas degan, ikkinchisi – menga kasal yuqmaydi degan fikrlarda”, – dedi professor.

Zikovning so’zlariga ko’ra, biron bir dorini shifokorning retseptisiz qabul qilmaslik kerak. U dorilarni mustaqil tanlash yon ta’siri tufayli bemorga zarar yetkazishi mumkinligini tushuntirdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu bir qator tadqiqotlar natijalariga qaramay, antimalarial dorilarga ham tegishli.

Mart oyida Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti “ibufrofen”ni koronavirus infeksiyasi uchun qabul qilish mumkin emasligi haqida ogohlantirib va uni paratsetamol bilan almashtirishni maslahat bergan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,8 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 364 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.