Janubiy Koreyada kun davomida COVID-19 infeksiyasining 39 ta yangi holati qayd etildi, infeksiya yuqtirib olganlarning umumiy soni 11,441 taga yetdi, qurbonlar soni o’zgarishsiz qoldi va 269 kishini tashkil etdi, deya xabar beradi mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (KCDC).

Foto: Google

So’nggi kunlarda Janubiy Koreyada kunlik 40-80 ta orasida COVID-19 holati qayd etilmoqda. Aprel oyining boshidan boshlab yangi infeksiyalar soni asta-sekin kuniga 10-20 holatga tushib ketgan bo’lsa-da, 6-may kunga kelib u ikki kishigacha yetdi, yangi mahalliy infeksiya o’choqlari yana koronavirus bilan kasallangan bemorlarning ko’payishiga olib keldi.

KCDC ma’lumotlariga ko’ra, shanba kuni soat 00:00 da (Toshkent vaqti bilan 20:00), yangi holatlarning 27 tasi mahalliy bo’lib, ularning aksariyati mamlakatning markaziy qismida qayd etilgan. 12 ta holat chet eldan kelganlarda aniqlangan.

O’tgan kun davomida 35 kishi kasalxonadan chiqarildi, davolanganlarning umumiy soni 10,398 gacha ko’tarildi, bu esa 90,9 foizni tashkil etadi. Jabrlanganlar soni o’zgarmadi va 269 kishini tashkil qildi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,9 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 364 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.