Arxeologlar tomonidan aniqlanishicha, qadimgi yahudiylar ibodatxonasida marixuanadan foydalanilgan.

Foto: Google

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, giyohvand modda ibodat vaqtida tutatib qo‘yilgan. Isroil OAVsi ushbu holat yahudiylikning dastlabki bosqichida narkotik moddalardan foydalanilgani haqidagi ilk dalil ekanini xabar qildi.

Olimlar Negev cho‘lidagi qadimgi ibodatxona mehrobidan marixuananing yaxshi saqlangan qoldig‘ini topishgan. Ularning ta’kidlashicha, topilmaga 2700 yil bo‘lgan.