AQSh prezidenti Donald Tramp xitoylik olimlarning mamlakatga kirishini taqiqladi, chunki ular AQSh xavfsizligiga tahdid solishi mumkin, deyiladi Amerika rahbari imzolagan farmonda.

Foto: Centre1

Hujjatda Xitoyni AQSh maxfiy texnologiyalari va intellektual mulkka ega bo’lish, xususan, Xitoy Xalq-Ozodlik Armiyasini modernizatsiya qilish uchun “keng va yaxshi moliyalashtirilgan” kampaniyada ayblamoqda.

Kirish taqiqi AQShda va XXR mudofaa sektori bilan bog’liq har qanday yo’l bilan tadqiqot o’tkazmoqchi bo’lgan aspirantlar va fan doktorlariga ta’sir qiladi.

Amerika Qo’shma Shtatlari shuningdek, Xitoyni intellektual mulk va texnologiyalarni o’g’irlash maqsadida o’z mutaxassislarini Amerika universitetlarida o’qitish va tadqiqotlar o’tkazish uchun yuborganlikda ayblamoqda. AQSh ma’muriyati 2019-yilning o’zida bu borada 50 dan ortiq shaxs ayblanganini ma’lum qildi.

Avvalroq, AQSh Xitoy va Gonkongga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi haqida xabar bergan edik.