Sony joriy yil 4-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangi PlayStation 5’ning taqdimotini o’tkazadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

VentureBeat ma’lumotlariga ko’ra, kompaniya yangi konsolni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Sony PlayStation 5’ning yangi tafsilotlarini oshkor qilinmaydi. Xususan, ular modelning narxini sir saqlashni rejalashtirishmoqda.

Avvalroq, bosh direktor Kenichiro Yoshida Sony yangi konsol uchun bir qator o’yinlarni taqdim etishni rejalashtirayotganini aytgan.