Prezident Donald Tramp AQShning Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bilan aloqalari uzilganligini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Foto: EPA-EFE / Stefani Reynolds / POOL

Amerika rahbari o’z qarorini Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Vashington talab qilgan islohotlarni o’tkazishdan bosh tortgani bilan izohlagan.

Oq uy rahbari qo’shimcha qilib aytganda, endi Qo’shma Shtatlar ushbu tashkilot uchun ajratilgan mablag’larni dunyo bo’ylab shoshilinch tibbiy yordamga yo’naltiradi.

Amerikada hozirga kelib koronavirus infeksiyasi bilan og’rigan bemorlar soni 1, 734 986 taga yetdi. Shuningdek, infeksiya qurbonlari esa 102,286 nafarni tashkil etmoqda. Dunyoda esa 5,8 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 362 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.