Foto: IIV axborot xizmati

Shu yil 28-may kuni soat 22:40 da Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Nihol” kafesi ish yurituvchisi H.A. karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, kafeda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida yashovchi fuqarolar G‘.O., U.A., D.H. va M.M. larning ovqatlanishlari uchun sharoit yaratib, ular bilan birgalikda o‘zi spirtli ichimlik ichib, ovqatlanayotganligi aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qildi.

Kafe ish yurituvchisi va mijozlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirildi.