Germaniya Federal iqtisodiyot vazirligining raqamli iqtisodiyot va startaplar bo‘yicha vakili Tomas Yarzombek AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoq rahbariyatini tanqid qilishi fonida Amerikaning Twitter kompaniyasini Germaniyaga ko‘chib o‘tishga taklif qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Foto: ABC News

“Xey, Twitter va Jek (Dorsi) (Tvitter asoschisi) – bu Germaniyaga ko‘chish uchun taklif. Bu yerda siz hukumatni erkin tanqid qila olasiz, shu bilan birga, soxta xabarlar bilan ham kurasha olasiz. Bizda strataplar va texnologik kompaniyalar uchun ajoyib ekotizim mavjud, sizning kompaniyangiz juda mos keladi va men sizlarga har qanday eshiklarni ochaman”, – dedi Yarzonbek Twitterda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp agar ijtimoiy tarmoq konservatorlarning ovozlarini o‘chirishda davom etsa, uni qat’iy ravishda tartibga solish yoki butunlay o‘chirib qo‘yish bilan tahdid qildi.