Foto: Alarabiya.net

JSST ma’lumotiga ko’ra, Xitoydan tashqarida dunyoda tasdiqlangan holatlar soni kuniga 367 taga oshgan. Umuman olganda, XXR tashqarisida yuqtirish holatlari 28 mamlakatda qayd etilgan. O’limning umumiy soni 17 nafar, kuniga olti kishi COVID – 19dan vafot etmoqda.

JSST ma’lumotlariga ko’ra, Xitoyda 2445 kishi yangi koronavirus qurboniga aylangan, kasallanganlar umumiy soni 77042 kishiga yetgan. Avvalroq Xitoy Sog’liqni saqlash vazirligi mamlakatda 22,8 mingdan ortiq odam kasallikdan davolangani haqida xabar bergan edi. Dunyo bo’yicha koronavirus infeksiyasi holatlari soni 78,8 mingdan oshdi.