AQShning Minnesota shtatidagi eng yirik shahar Minneapolisda uchinchi kun ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Google

Namoyishchilar afro-amerikalik rezidentning politsiya xodimlari qo‘lidan o‘limidan keyin ko‘chalarga chiqishdi. Politsiya hatto jurnalistlarni ham hibsga olmoqda va AQSh Prezidenti Donald Tramp shtatga 500 nafar Milliy gvardiya soqchilari jo‘natayotganini ma’lum qildi.

O‘zi nima bo‘ldi

CNN telekanali politsiya uning muxbirlaridan birini qo‘lga olgani va kamerani sindirgani aks etgan videoni Twitterda e’lon qildi.

Bundan biroz oldin prezident Donald Tramp Tvitterda Minnesota shtatiga Milliy gvardiyaning 500 nafar xizmatchisi yuborilishi haqida post (hozirda bu post yashirilgan) yozgan edi. Milliy gvardiya ularning vazifasi “insonlar hayotini himoya qilish, mulki hamda tinch namoyishlar huquqini asrash” ekanligini ta’kidladi va askarlarning asosiy vazifasi favqulodda xizmatlarning ishlashini ta’minlashligini ma’lum qildi. Tvitter esa bu Trampni ijtimoiy tarmoqdagi zo‘ravonlikni ulug‘lashni taqiqlovchi qoidalarni buzish deb bilishini ma’lum qildi.

Bugun namoyishchilar Minneapolis politsiya markazini yoqib yuborishdi. Shahar meri Jeykob Frey favqulodda holat rejimi e’lon qildi, xuddi shu tartib shtat bo‘ylab amal qilmoqda.

Shahardagi noroziliklar Internetda Minneapolisda yashovchi 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydning hibsga olingani haqidagi video paydo bo‘lgandan keyin boshlandi. Floyd soxta chek bilan do‘konda xaridlarni to‘lashda gumon qilinib hibsga olingan va politsiyachilardan biri Derek Chauvin uning bo‘yniga tizzasi bilan bosgan va uni 7 daqiqadan ko‘proq ushlab turgan. Bularning barchasi guvohlar tomonidan videoga yozib olingan. Videoda Floydning nafas ololmayotganini aytganligi aniq eshitildi, ammo politsiyachi tomog‘ini siqishda davom etdi. 2020 yil 25 mayda Floyd kasalxonada vafot etdi.

Shahar politsiyasi rahbariyati marhum afro-amerikalikni hibsga olishda ishtirok etgan zobitlarni ishdan bo‘shatish va FQB ish bo‘yicha tergov boshlanganini e’lon qilganiga qaramay, norozilik namoyishlari kuchayib bormoqda. Politsiya olomonni karaxt qiladigan granatalar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatishga uringan, shuningdek, rezina o‘qlardan ham foydalangan. Ommaviy norozilik namoyishlari paytida bir kishi halok bo‘ldi.

Bu afro-amerikaliklarning o‘limi bilan bog‘liq birinchi holat emas

2013 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, afro-amerikaliklar Minneapolis aholisining 18 foizini tashkil qiladi. Floydning o‘ldirilishi, “nafas ololmayman” deb takrorlagan va uni hibsga olgan zobitlar tomonidan bo‘g‘ilib o‘ldirilgan 43 yoshli afro-amerikalik Erik Garnerning 2014 yilda o‘ldirilganiga o‘xshaydi.

Bu qurolsiz afro-amerikalikning politsiya tomonidan o‘ldirilishi jiddiy noroziliklarga sabab bo‘lgan birinchi holat emas. Shunday qilib, 2014 yil avgust oyida 18 yoshli qora tanli erkak Maykl Braun politsiya zobiti Darren Uilson tomonidan bir necha marta otilganidan keyin vafot etgan edi. Voqea Sent-Luisning chekkasida keskin reaksiyaga sabab bo‘lgan: Ferguson shahrida qotillikdan keyin tartibsizliklar boshlandi. Politsiya rezina o‘qlar va ko‘z yoshartiruvchi gaz ishlatgan. Shaharda favqulodda holat joriy etilgan va Milliy gvardiya jalb qilingan.