“O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasini olish qurilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha qiymati 49,0 mln. dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Foto: “O`zbekneftgaz” axborot xizmati

Loyiha O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi qarori bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Loyiha mavjud propan-butan aralashmasini olish qurilmalarida yiliga qo‘shimcha 61,0 ming tonnagacha propan-butan aralashmasi ishlab chiqarishga va buning asosida ichki bozorda ushbu mahsulotga oshib borayotgan talabni qondirishga qaratilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun Ukrainaning «Sumskoye NPO», Rossiyaning «KMPO», «NIPI NG PETON», «Elektrostandart-pribor», Shveysariyaning “Endress+Hauser” va boshqa chet el zavodlarida ishlab chiqarilayotgan uskunalarni import asosida xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda Bosh pudratchi — “Muborakneftgazmontaj” MChJ tomonidan qurilish ishlarining 17 foizi bajarilib bo‘lindi hamda qurilish-montaj ishlarini to‘liq yakunlash esa joriy yilning sentyabr oyiga rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ko‘p sonli ishchilar ushbu loyiha qurilishida karantin qoidalariga to‘la rioya qilgan holda qurilish-montaj ishlarini bajarishmoqda, deyiladi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabarida.