O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov bugun, 29-may kuni 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Facebok sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Google

Hoshim Arslonov 1956-yilda Namangan viloyati, Chust shahrida tavallud topgan. 1977-yilda Toshkent teatr institutini tamomlagan. 1977-yildan 2017-yilgacha Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida faoliyat yuritgan.

Kino aktyori sifatida “Ijarachilar”, “Xiyonat”, “Singilginam”, “So‘nggi qo‘ng‘iroq”, “Fidoyilar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Qasos”, “Yorim-bezorim”, “Haqiqat kuni”, “So‘zsiz sevgi”, “Chavandoz”, “Xo‘ja Nasriddin: o‘yin boshlanyapti”, “Alpomish”, “Marg‘iyona” kabi filmlarda suratga tushgan.

Italiyaning Iskya shahrida xalqaro kinofestivalda “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmidagi roli uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va sovrindor bo‘lgan.

Uning kinodagi so‘nggi ishi 2019 yilda suratga olingan “101-reys” filmi bo‘ldi.