Foto: Daryo

Gollarga boy bo‘lgan bahsda Mikel Arteta shogirdlari irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq Dominik Kelvert-Lyuin mersisaydliklarni oldinga olib chiqdi. 27-daqiqada Eddi Nketia muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Pyer-Emerik Obameyang londonliklarning ikkinchi golini urdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning to‘rtinchisida Risharlison hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki soniyalarida Obameyang dubl qayd etib, “kanonirlar”ga uch ochko taqdim etgan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin “Arsenal” ochkolarini 37 taga yetkazib olgan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. Karlo Anchelotti shogirdlari esa (36) 10-pog‘onada qoldi.

APL

27-tur bahsi

23-fevral, yakshanba

“Arsenal” — “Everton” 3:2

Gollar: 0:1 – 1 Kelvert-Lyuin, 1:1 – 27 Nketia, 2:1 – 33 Obameyang, 2:2 – 45 Risharlison, 3:2 – 46 Obameyang.

“Arsenal”: Leno, Kolashinats (Saka, 18), David Luiz, Mustafi, Belerin, Sebalyos (Torreyra, 76), O‘zil (Genduzi, 82), Jaka, Pepe, Nketia, Obameyang.

“Everton”: Pikford, Sidibe, Mina, Holgeyt, Beyns, Sigurdsson, Shnayderlin (Andre Gomesh, 59), Ivobi (Bernard, 60), Delf (Kin, 82), Risharlison, Kelvert-Lyuin.

Ogohlantirishlar: Shnayderlin (31), Risharlison (45), Sigurdsson (73).