Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bir nechta maymun COVID-19’ga gumon qilingan bemorlarning qon namunalarini olib ketayotgan laborantga hujum qildi.

Foto: TASS

Maymunlar uch dona test namunalarini olib, qochib ketishdi. Bu haqda India Today gazetasi xabar qildi.

Hodisa juma kuni Meyeruta tibbiyot kollejida yuz berdi.

Shifokorlar, agar namunalarda koronavirus boʻlsa, u maymunlarga yuqishi mumkin, deb qoʻrqishmoqda. Shifokorlar, ilgari maymunlar ushbu markazdan turli narsalarni oʻgʻirlashganini taʼkidlashdi.

Hindiston ommaviy axborot vositalarida paydo boʻlgan videoda maymunlardan biri oʻgʻirlangan namuna toʻplamini chaynayotgani aks etgan.

Shtat politsiyasi maymunlarning COVID-19 bemor qon namunalarini oʻgʻirlaganligini va oʻrmon boʻlimiga xabar bergandan keyin ham maymunlar qoʻlga olinmaganligini tasdiqladi.

Hukumat hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.