Yamanning Aden shahrida koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim holati 17 foizni tashkil etmoqda, bu dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichdir, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

Foto: Google

“Yamanda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat juda achinarli ahvolda. Adenda COVID-19 pandemiyasiga chalinganlarning 17 foizi hayotdan ko‘z yummoqda”, — dedi Guterresh matbuot anjumanida.

Bosh kotib Yamandagi vaziyatning juda fojiali ekanini ta’kidlar ekan, “yaqin orada mablag‘ to‘plash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi va umid qilamanki, xalqaro hamjamiyat Yaman xalqi bilan birdamligini namoyish qilib, yordam uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni to‘playdi”, — dedi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,8 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 360 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.