Aziya-Plyus nashri xabariga ko’ra o’tkan kun davomida mamlakatda infeksiyaning yangi +123 ta holati qayd etildi.

Foto: Aziya-Plyus

Shuningdek, kasallikdan vafot etganlar soni o’zgarishsiz qoldi – 47 kishi. Kasallikdan jami tuzalganlar soni 1769 tani tashkil etmoqda.

Shunday qilib Tojikistonda hozirgi vaqtga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 3686 nafarni tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangan edi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,8 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 360 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.