Bugun AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Sardoba suv ombori o‘pirilishi ortidan “Sog‘lom avlod uchun” nodavlat xayriya jamg‘armasiga zarur vositalarni topshirdi.

Foto: U.S. Embassy Tashkent

Insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabrlangan 2000 ta oilaga yetkaziladi. AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali taqdim etgan insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur narsalardan (gigiena vositalari, ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan.

Jamg‘arma ushbu insonparvarlik yordamini suv toshqini bo‘lgan hududlarga yetkazib beradi hamda uni Sirdaryo viloyatidagi hududiy filiali orqali tarqatadi. Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan yordamga muhtojlar aniqlanadi va o‘z egalariga yetkazib beriladi.