O‘zbekistondan yana bir gumanitar yordam bugun Dushanbeda keladi, deb yozmoqda Aziya-Plyus nashri.

Foto: Aziya-Plyus

Bugun kechqurun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan yana 19 vagondan iborat gumanitar yordam yuk poyezdi Tojikistonga keladi, deb yozadi nashr.

Qo’shnilarning yordami oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy buyumlardan iborat, xususan, ming tonnadan ortiq un ham bor, deb ta’kidlaydi Aziya-Plyus nashri.

Shu haftaning boshida O’zbekiston Dushanbega 24 tonna dori-darmon jo’natgan edi. Bungacha, 9-aprel kuni ham un va dori-darmondan iborat 18 vagon gumanitar yordam yuborilgan edi.

8-may kuni Dushanbeda 8 o’zbekistonlik virusolog va 10 tonna tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan 10 ta mexanik shamollatish moslamasi yetkazib berilgan edi. 9-may kuni Tojikiston poytaxtning Bofanda stadionidagi vaqtincha kasalxonaga yotqizish uchun O’zbekistondan 144 ta tibbiy konteynerlar ham shular jumlasidan.

Ushbu mamlakatda infeksiyaga chalinganlar soni 3563 nafarga yetdi. O’limlar soni esa 47 tani tashkil etmoqda. 30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangan edi.