Shu yil 16-may kuni soat 21:00 larda Xo‘jaobod tumani IIB xodimlari tomonidan tumaning Yangi xayot MFYda istiqomat qiluvchi Z.Sh. ning uyida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil etilganligi aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati yozmoqda.

Foto: IIV axborot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Z.Sh. o‘zining yashash xonadonida 6 nafar mahalladoshlarini yig‘ib, ularga o‘yin kartasi orqali qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib bergan va buning evaziga ulardan oldindan 5000 so‘mdan jami 30,000 so‘m pul yig‘ib olgan. Shuningdek, har bir o‘ynalgan qimor o‘yini uchun 1000 so‘mdan “cho‘tal” puli olib, qimor o‘yini o‘tkazayotgan vaqtida Xo‘jaobod tumani IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Voqea joyidan ashyoviy dalil sifatida 28 dona o‘yin kartalari, jami 290, 000 so‘m pullar bayonnoma asosida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-kismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.