Qozog‘iston shaharlari orasidagi yo‘l-nazorat punktlari olib tashlanadi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi transport qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Janibek Tayjanov ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Foto: Google

“Idoralararo komissiyaning 1 iyundan boshlab shaharlar orasidagi blok-postlarni olib tashlash to‘g‘risidagi qaroriga binoan 5-iyun kuni transport tashuvlarini faollashtirish bo‘yicha ishlar olib boriladi”, – dedi J. Tayjanov.

Uning aytishicha, bosh sanitariya inspektori buyrug‘i talablarini hisobga olgan holda avtobusda yo‘lovchilarni avtobusda tashishda tegishli ishchi algoritmi ishlab chiqilgan.

Shu bilan birga, marshrutning so‘nggi nuqtalarida avtobuslarni dezinfeksiyalash, avtoulovga faqat tibbiy niqob taqqan holda chiqish va boshqa xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda.

Mamlakatda ayni vaqtga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 9932 nafarni tashkil etmoqda. Kasallik qurbonlari esa 37 kishiga yetgan.