Yaponiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Kitakyusyu shahrida koronavirus infeksiyasining yangi holatlari ko‘payishi yana avjiga chiqayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda shahar meri Kenji Kitaxashi ma’lum qildi.

Foto: Kazinform

“Bizda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini ayni avjiga chiqdi”, – dedi mer.

30-apreldan 22-maygacha shaharda kasallikning tasdiqlangan holatlari qayd etilmagandi, ammo so‘nggi olti kun ichida 43 ta holat qayd etilgan, ularning 21 tasi bir kunda aniqlandi.

Bir necha kun oldin Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe koronavirus pandemiyasi tufayli favqulodda holatni bekor qilgan edi.

Mamlakatda hozirga kelib infeksiya yuqtirib olganlar jami 16,647 nafarni tashkil etmoqda.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,8 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 360 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.