Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar, jami 29 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Foto: SSV axborot xizmati

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 5 nafar, Andijon shahridan 3 nafar, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan 2 nafar, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri va Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichiga esa 19 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri hamda Tojikiston Respublikasidan 1 nafardan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 997 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1019 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu (Toyloq tumanidan 4 nafar, Samarqand shahridan 2 nafar va Pastdarg‘om tumanidan 1 nafar) viloyatdan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichiga 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2723 nafarga yetdi.