Turkiya osmonida sirli tarzda miltillab koʻringan obʼyekt parvozi qayd etildi. Nomaʼlum jism kuchli portlash bilan parvozni yakunladi. Bu haqda Daily Sabah xabar qildi.

Foto: NASA

Payshanba kuni kechasi mahalliy aholi bu antiqa tabiiy hodisaning guvohi boʻldi. Birdaniga bir nechta hududda – Artvin, Erzurum, Sivas, Tunjeli, Trabzon, Erzinjan va Ardahanda yorugʻlik va kuchli portlash qayd etildi.

Olimlarning fikriga koʻra, ehtimol bu navbatdagi meteorit boʻlgan.

Mamlakat favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi xodimlari atmosferada “yorugʻlik chaqnashi” haqidagi xabardan keyin tergov boshlagan.