Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Buxoroda joriy yilning fevral oyi boshlaridan shu yil 3-mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt davomida fuqaro 53 yoshli I.Q., 29 yoshli Z.T., ning ishonchiga kirib, unga “arzon narxda rangli metall olib beraman”, deb, aldab, undan G‘ijduvon tuman “Armechan” MFY hududida jami bo‘lib, 107, 000 000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, ehtiyojlariga sarflab yuborib, o‘ziga bildirilgan ishonchni suiiste’mol qilib, Z.T., ga 107, 000 000 so‘mlik ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Tergov departamenti xabariga ko’ra, mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.