Joriy yil 29-may soat 16:45 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3468 (+5) nafarni tashkil etmoqda.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Toshkent shahrida qayd etildi. Ularning 2 nafari aholi orasidan, 2 nafari esa karantindagi fuqarolar orasidan aniqlangan. Toshkent viloyatidan kasalligi aniqlangan 1 nafar bemor ham stasionar karantindagi fuqarolar orasidan tasdiqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2723 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 731 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.