Farmonga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar ma’muriyatining chop etilgan kontent — post, foto, video, sharhlarni boshqarish imkoniyati cheklanadi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Foto: WBUR

Endi ushbu hujjat asosida, 1996-yilda qabul qilingan “Kommunikatsiyalarda odob-axloqqa rioya qilish to‘g‘risida”gi (Communications Decency Act) Aktning 230-moddasini amalda qo‘llanishi o‘zgarishi mumkin.

Natijada foydalanuvchilar tomonidan e’lon qilingan materiallar uchun endi Twitter yoki Facebook jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘ladi.

1996-yildagi normativ manbaga muvofiq ijtimoiy tarmoqlarga — noshrlar sifatida emas, “axborot platformasi” sifatida qaralar edi, ya’ni ulardan postlar mazmuni uchun javobgarlik soqit qilingan edi.