Foto: RIA novosti

Bugun, 29 -may kuni bortida 25 nafar Rossiya fuqarosi bo‘lgan samolyot Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvoz qildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, samolyot soat 10:46 da uchgan.

Samolyotda ruslardan tashqari yana uch nafar chet el fuqarosi ham bor, deyiladi xabarda.

Rossiya elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar Rossiyaga charter reyslari orqali 2,8 mingdan ortiq rossiyaliklar olib ketildi.