O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning joriy yil 29-maydan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi. Bu haqida Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Markaziy bank axborot xizmati

Unga ko‘ra:

1 ta oltin tanga narxi — 17 900 000 so‘m

1 ta kumush tanga narxi — 351 000 so‘mni tashkil etdi

Esdalik tangalarning har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.