KPMG auditorlik kompaniyasi Yevropaning eng qimmat futbol klublari reytingini chop etdi. Statistika bilan “Football Benchmark” saytida tanishishingiz mumkin.

elklassiko real madrid barselona
Foto: Google

Madridning “Real” klubi yetakchilik qilmoqda. Uning qiymati 3,478 milliard yevroni tashkil etadi. Ikkinchi pog‘onani 3,342 milliardga baholangan “Manchester Yunayted” egalladi. Uchinchi o‘rin “Barselona”ga nasib etdi — 3,193 milliard. Eng qimmat jamoalar o‘ntaligiga, shuningdek, “Bavariya” (2,878 milliard), “Liverpul” (2,658 milliard), “Manchester Siti” (2,606 milliard), “Chelsi” (2,218 milliard), “Tottenxem” (2,067 milliard), “PSJ” (1,911 milliard) va “Arsenal” (1,852 milliard) kiritilgan.

Hisobotda jamoalarning 2020-yil 1-yanvardagi bahosi inobatga olingan.

O‘tgan yili dunyoning eng qimmat sport jamoasi deb Milliy futbol ligasida (NFL) qatnashuvchi “Dallas Kovboyz” topilgan. “Forbes” jurnali klubni 5 milliard dollarga baholagan, uning daromadi — yiliga 365 million dollarni tashkil etgan.