Foto: O’zA

Shoklar Toshkent vaqti bilan 21:00 qayd etildi.

Zilzila epitsentri Eronning Tabriz shahridan 160 kilometr g’arbda va Turkiyaning Ozalp shahridan 52 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Zilzila o’chog’i esa 10 km chuqurlikda deya xabar berilmoqda.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot yo’q.

Bu yakshanba kuni Turkiya va Eron chegarasidagi hududda ikkinchi zilzila. Xabar berishlaricha, Eronda birinchi zilzila natijasida 75 kishi jarohat olgan, Turkiyada 9 kishi halok bo’lgan, 37 kishi yaralangan, deyiladi xabarda.