Foto: Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati

Qo‘qon shahrida joriy yilning 25-may kuni fuqaro R.E. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasini Usmon Nosir ko‘chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismida velosiped yetaklab o‘tayotgan piyoda K.I. ni urib yuborishi oqibatida K.I. shifoxonada vafot etgan.

Farg’ona viloyat IIB xabariga ko’ra, mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.