Foto: Telegram / @Tashqaridauz

Amaldagi Chempionlar Ligasining final bosqichi nostandart formatda yakunlanishi mumkin.

Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) chorak finaldan keyin turnirni milliy chempionat allaqachon boshlangan Germaniyada “Final to‘rtligi” formatida o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Dastlab Chempionlar Ligasi finali Istambulda bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Ta’kidlash joizki, yevrokuboklar mavsumi 31 avgustga qadar yakunlanishi kerak.