Yandeks O‘zbekistonning soliq hisobiga kiritildi, deyiladi Soliq qo‘mitasi axborotida

Foto: Udf

Shveysariyada ro‘yxatga olingan Yandex Europe AG kompaniyasi 28-may kuni ro‘yxatga olingan. Bu Yandeksning Yevropa bozoriga mo‘ljallangan 2012-yilda tashkil qilingan kompaniyasi. Ofisi Lyusern shahrida joylashgan.

Avvalroq Google, Facebook, Netflix, Samsung, Apple, Booking.com va boshqalar ham O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan edi.