Farg‘ona tumanida joriy yilning 24-may kuni A.A., N.S. va O‘.N. lar guruh bo‘lib, fuqaro M.E bilan o‘zaro gap talashib janjallashib, A.A. va O‘.N. lar fuqaro M.E. ning chap quloq qismiga urib, narxi 400,000 so‘mlik bir dona “Hanur” rusumli telefon apparati va 100 AQSh dollarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Foto: Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan N.S., A.A. va O‘.N. larga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A. va O‘.N.larga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shuningdek, yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini eslatib o‘tdi.